Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmaydimi?

Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmaydimi?

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning aytishicha, vaksina qabul qilish insonning farzand ko‘rish qobiliyatiga umuman ta’sir o‘tkazmaydi.

«Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo‘lgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt o‘tdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan. Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador bo‘lishiga hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmagan».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!