Vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirusni yengib bo‘lmaydimi?

Vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirusni yengib bo‘lmaydimi?

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shug‘ullanmoqda. Viruslar esa mutasiyaga moyil bo‘lishadi. Balkim, koronavirusning hammma tipiga ta’sir qiladigan universal vaksina ishlab chiqish kerak bo‘lar. Bu haqda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

"Vaksinani ishlab chiqish, klinik sinovdan o‘tkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qo‘llashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.

Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qo‘lni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak", — deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!