Vahshiylik! Ota-ona 2 yoshli qizalog‘ini kislota sepib “eritib yubordi”

Vahshiylik! Ota-ona 2 yoshli qizalog‘ini kislota sepib “eritib yubordi”

2 yoshli qizini o‘ldirishda gumon qilinib er-xotin hibsga olindi.

Xorijiy internet manbalariga ko‘ra, qotillik 2019 yil fevral oyida Texasda yuz bergan. Tergov jarayonida juftlik qizaloqning tasodifan suvda cho‘kib o‘lganini aytishgan.

Ammo guvohlarning aytishiga qaraganda, gumonlanuvchilar qo‘lga tushshdan qo‘rqib qizaloqning murdasini suvga tashlab qo‘yishgan.

Polisiya xabariga ko‘ra esa ota-ona 2 yoshli qizi Rebekkani avval o‘ldirishgan, shundan so‘ng tanasini kislota bilan eritib yuborishgan.

Achinarlisi, mutaxassislar bolaning o‘limiga nima sabab bo‘lganini aniqlay olmadilar.

Sud qizaloqning otasini 14 yilga, onasini esa 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Oilada bo‘lgan yana to‘rt bola esa vasiylik organlariga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!