“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sanoat tashkilotlari orasida birinchilardan bo‘lib ISO 9001:2015 xalqaro standartartlarini joriy qildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sanoat tashkilotlari orasida birinchilardan bo‘lib ISO 9001:2015 xalqaro standartartlarini joriy qildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sanoat tashkilotlari orasida birinchilardan bo‘lib ISO 9001:2015 xalqaro standartartlarini joriy qildi.

Bu haqda "O‘zto‘qimachilik" uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan mahsulotlar sifatini oshirish, xorijiy bozorlarda to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda sertifikasiyadan o‘tkazish, milliy kiyim brendlarini tashqi bozorga olib chiqish va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari nufuzini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, to‘qimachilik sanoati korxonalari respublikada xalqaro standartlarni joriy qilishda yetakchilik qiladi va 1300ga yaqin korxonalarda turli xil xorijiy standartlar joriy qilingan.

Shveysariyaning SGS  xalqaro sertifikasiya kompaniyasi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga  ISO 9001:2015 xalqaro standartlari joriy qilinganligini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!