«O‘zstandart» Red Bull energetik ichimligiga sertifikat berishni rad etdi

«O‘zstandart» Red Bull energetik ichimligiga sertifikat berishni rad etdi

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Red Bull energetik ichimligiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etildi. Bu haqda «Daryo»ga agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 iyuldagi qarori bilan «Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlangan bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamg‘alanishi belgilab qo‘yilgan.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan sertifikatlashtirish jarayonida importyor New Optimal mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan Red Bull savdo markasidagi energetik ichimligi (ishlab chiqaruvchi Rauch Fruchtsafte Gmbh & Co. Og, Avstriya) yuqorida keltirilgan umumiy texnik reglamentning yorliqlanish qismi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Xususan, ichimlik yorlig‘idagi ma’lumotlar davlat tilida mavjud bo‘lmaganligi sababli mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!