O‘zjan Denizning onasi: "Men o‘g‘limga baxt tilayman. Ammo ularning nikohlariga qarshiman"

O‘zjan Denizning onasi: "Men o‘g‘limga baxt tilayman. Ammo ularning nikohlariga qarshiman"

Turkiyalik taniqli aktyor O‘zjan Denizning onasi uning eronlik model va dizayner Samar Dadgar bilan turmush qurishiga mutlaqo qarshi ekanligini ma’lum qildi.

Qadriye Deniz qizi va kuyoviga tegishli go‘zallik salonining ochilish marosimida jurnalistlarga qarata barchasini ochiq-oydin aytgan:

«Men o‘g‘limga baxt tilayman. Uning baxti men uchun muhim. Unga yangi sevgilisi bilan baxt tilayman. Ammo, ularning nikohlariga qarshiman. Bu haqida O‘zjan ham, Samar ham bilib qo‘ysin. Mening bu gaplarim O‘zjanning sevgilisi tuzgan rejalarni barbod qilishi mumkin, ammo o‘z fikrimni yashirib o‘tirmayman va o‘g‘limning uylanishini istamayman", dedi Qadriye Dengiz.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir muddat avval O‘zjan Denizning o‘zidan 22 yoshga kichik qiz bilan turmush qurayotgani ma’lum bo‘lgandi. Aktyor bugungi kunga qadar ikki marta oila qurib ajrashgan. Uning ikkinchi turmushidan 1 nafar o‘g‘il farzandi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!