O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXRda o‘lim jazosiga hukm qilingan uch nafar xorijlik hozir ozodlikda

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXRda o‘lim jazosiga hukm qilingan uch nafar xorijlik hozir ozodlikda

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXRda o‘lim jazosiga hukm qilingan uch nafar xorijlik hozir ozodlikda, deb xabar beradi BBC News.

Nashr Saudiya davlat axborot agentligining Twitter'iga tayanib xabar berdi: akkauntda Ukraina tomonida jang qilish uchun borgan va asirga olingan 10 kishi samolyotdan tushib, Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan video chop etilgan.

Videoda — britaniyaliklar Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek, Marokash fuqarosi Saadun Brahim bor.

Eslatib o‘tamiz, bu uch kishi aprel oyida qo‘lga olingan va DXR sudi tomonidan o‘limga hukm qilingan edi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass avvalroq mahbuslar Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi vositachiligida ozod etilganini xabar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!