«O‘zgidromet»: Ushbu haftada asosan quruq va beqaror ob-havo kutiladi

«O‘zgidromet»: Ushbu haftada asosan quruq va beqaror ob-havo kutiladi

Hafta birinchi yarmida O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “O‘zgidromet”.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘ladi.

Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 13-18 daraja iliq, kunduz kunlari 23-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat may oyining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!