O‘zgidromet sel xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet sel xavfidan ogohlantirdi

2021 yil 1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Markaz ertaga, 2 avgust kuni Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!