«O‘zgidromet» Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» 19 yanvar kuni Qamchiq dovoni yo‘lida haydovchilar uchun noqulay ob-havo yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi (https://daryo.uz/k/2022/01/18/ozgidromet-qamchiq-dovonida-kuchli-yogingarchilik-bolishidan-ogohlantirdi/).

Qayd etilishicha, shu kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!