“O‘zbekneftgaz”: Tarmoqlar aro kooperasiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrifi uyushtirildi

“O‘zbekneftgaz”: Tarmoqlar aro kooperasiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrifi uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-sonli qarorida mahalliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari va nomeklaturasini ko‘paytirish, davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirib borish hisobiga sanoatda qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratilishi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan “O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruhi tomonidan “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida zavodning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

“O‘zbekneftgaz”: Tarmoqlar aro kooperasiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrifi uyushtirildi

Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ 1941 yilda tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekistonda kimyoviy uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Jumladan, neft va gaz sanoati uskunalari, bosim ostida ishlaydigan uskunalar, burg‘ilash uskunalari va boshqalar.

Shuningdek “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ Markaziy Osiyoda kimyo, neft-kimyo, gazni qayta ishlash va boshqa sohalarga yukori bosim o‘tkazgichlar va apparatlar ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha yetakchi korxona hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz”: Tarmoqlar aro kooperasiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrifi uyushtirildi

Ishchi guruhi “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ mas’ul vakillariga tizim tarmoq korxonalarining texnologik uskunalarga bo‘lgan ehtiyojlari haqida hamda ularni o‘zlashtirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar davomida “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari bilan “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ o‘rtasida imzolangan shartnomalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda mahsulotlarni sifat nazoratiga e’tibor berish masalalri muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz”: Tarmoqlar aro kooperasiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekkimyomash zavodi” AJga amaliy tashrifi uyushtirildi

Uchrashuv yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzib birgalikda “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalarining texnologik uskunalarini texnik holatini joyiga chiqib, o‘rganish yuzasidan kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!