O‘zbekneftgaz: "Bu tuhmat, tashkilot rahbari shaxsini haqorat qilish va imijga putur yetkazishga harakatdir"

O‘zbekneftgaz: "Bu tuhmat, tashkilot rahbari shaxsini haqorat qilish va imijga putur yetkazishga harakatdir"

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” AJ (kelgusida - Jamiyat) imidjiga salbiy ta’sir qiladigan ma’lumotlar tarqatilmoqda. Internet tarmoqlar orqali ommaga tarqatayotgan maqolalar tuxmat, tashkilot rahbari shaxsini haqorat qilish va shu tariqa ushbu tashkilot imidjiga putur yetkazishga harakatdir.

Jamiyat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyani oldini olish maqsadida, Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida g‘aznachilik tizimi joriy qilindi, komplayens nazorat mexanizmi yaratildi, xaridlar jarayoni ustidan ko‘p bosqichli nazorat tizimi o‘rnatildi hamda jamiyat faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazorati yo‘nalishidagi xato-kamchiliklarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti va boshqa tegishli departament mutaxassislari hamkorlikdagi faoliyati natijasida 2021-2022 yillarda jami 421,6 mlrd so‘m qiymatidagi 52 ta o‘rganish hujjatlari huquqiy baho berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Xaridlar jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida, 2022 yilda 6 387 ta shartnomalar ko‘rib chiqildi va 176 ta holatda 174,5 mlrd so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etilishi ta’minlandi.

Jamiyat tasarrufidagi korxonalar rahbar va o‘rta bo‘g‘im rahbarlaridan 5 043 ta manfaatlar to‘qnashuvi deklarasiyalari olindi va ulardagi ma’lumotlar asosida 762 ta holatda qarindosh-urug‘chilik holatlari, 33 ta holatda Jamiyat xodimlarining boshqa korxonalar bilan aloqadorligi hamda 12 ta holatda Jamiyat xodimlarining kontragent hamda raqib korxonalarda yaqin qarindoshlari faoliyat olib borishi aniqlanib tegishli choralar ko‘rildi.

Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan 126 nafarxodim 191 holatda o‘zi rahbarligidagi (ta’sischiligi) korxonalar bilan 77,1 mlrd so‘mlik shartnomaviy munosabatlarga kirish orqali manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi va bartaraf etildi.

24 ta tizim korxonalari, boshqarmalari va neft bazalarida faoliyat olib borayotgan 29 415 ta xodimlarning 19 287 nafari (66 foiz), shundan 3 467 nafar (18 foiz) o‘rtasida elektron tarzda anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Korxonalarda amalga oshiriladigan ishlar va vazifalardan kelib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 326 ta bo‘linmalarni qamrab olgan holda jami 870 ta (shundan: 444 ta yuqori, 304 ta o‘rta va 122 ta past darajadagi)korrupsion xavf-xatarlar ro‘yxati shakllantirildi hamda 677 ta tavsiyalar berilishi natijasida xavf xatarlar darajasi kamaytirilishiga erishildi.

Jamiyat tasarrufidagi “UNG-Petro” MCHJ hamda jamiyat boshqaruvi o‘rtasida munosabat amaldagi qonunchilik talablari doirasida yuritiladi va qatiy ravishda jamiyat manfaatlari himoya qilinadi. Shu bilan birga, “UNG-Petro” MCHJda tasarrufdagi barcha tashkilotlar singari komplayens nazorati tashkil etilgan bo‘lib, har bir holatga qonunchilik doirasida tezkor ravishda munosabat bildiriladi. Murojaatda keltirilgan holat o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, barcha zarur choralar ko‘riladi va ma’lumotlar xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etiladi.

Kelgusida ham “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi M. Abdullayev rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, xato-kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekneftgaz” AJ ayrim ommaviy axborot vositalarining xabarlarini rad etgan holda, ularni chop etish va chop etishdan oldin tekshirishni, shuningdek, yolg‘on va ishonchsiz ma’lumotlarni tarqatganlik uchun respublika va xorijiy davlatlar qonunchiligida tegishli javobgarlik mavjudligini unutmaslikka chaqiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!