“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari konlarda olib borilayotgan ishlar va konda ishlayotgan ishchi xodimlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

O‘rganish ishlaridan avval Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Sharqiy Berdaq” konida tashkil etilgan shtabda tabiiy gaz qazib chiqarish hamda uglevodorodlar zaxirasi hajmini oshirish borasida amalda qilinayotgan ishlar, rejalar borasida taqdimot o‘tkazildi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi hamda o‘rganib chiqildi.

2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida boshqarmada 2,1 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi va reja ko‘rsatkichi ortig‘i bilan, ya’ni 105,8 foizga bajarilishga erishildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etdi.

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Xuddi shuningdek, 32,7 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi, bu borada esa reja ko‘rsatkichi 102 foizga bajarildi. Gaz kondensati qazib chiqarilishi borasida, o‘tgan yilning mos davrga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 foizni tashkil etdi.

Taqdimot davomida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 48 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oishirilgani borasida axborot berildi.

Shundan 24 ta yangi gaz quduqlari burg‘ilashdan ishga tushirilib, 20 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikasiya ishlari olib borildi, texnologiya yo‘nalishda esa 4 ta tadbirlar amalga oshirilgani bo‘yicha ham hisobotlar tinglandi.

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Ta’kidlash kerakki, ijobiy natijalarga erishish uchun uzunligi 14,4 km bo‘lgan 3 ta gaz quvurlari ishga tushirildi va bitta texnologik ob’ektda rekonstruksiya ishlari ham amalga oshirildi, ushbu tadbirlarni amalga oshirish hisobidan jami 451,5 mln kub metr gaz qazib chiqarishga erishildi.

Belgilangan ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarilishida, “O‘zbekneftgaz” AJ ichki imkoniyatlaridan ham keng foydalanildi, jumladan, yangi burg‘ilangan quduqlarni, gaz kollektorlarini ishga tushirishni tezlashtirish uchun boshqarmalar ichki resurslaridan turli o‘lchamdagi jami 17,5 km quvurlar yetkazib berildi.

Boshqaruv raisining tashabbusi bilan gaz qazib chiqarish hajmini yanada oshirish uchun, 2021 yil yakuniga qadar 68 ta geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan (16 ta gaz quduqlarini burg‘ilishdan ishga tushirish, 50 ta gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikasiya ishlari olib borish va texnologiya yo‘nalishida 2 ta ob’ektlarni ishga tushirish). Belgilan vazifalarning bajarilishi 956,4 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga zamin yaratadi.

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Taqdimotdan so‘ng, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari “Sharqiy Berdaq” konidagi yangi burg‘ilashdan ishga tushirilgan 96-sonli quduqda bo‘lib, ushbu quduq usti jihozlash ishlari va quduqning ishlash texnologik ko‘rsatkichlari bilan tanishdi.

Shuningdek, “Quyi Sharqiy Berdaq” konida 2-, 3-sonli izlov quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari hamda “Sharqiy Berdaq” 13-son qudug‘ida olib borilayotgan to‘la ta’mirlash ishlarining holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish hamda mavjud muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli departament va boshqarma boshliqlariga vazifalar belgilandi.

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Quduqlardan gaz qazib olishni jadallashtirish bo‘yicha kapital ta’mirlash va intensifikasiya ishlarini olib borilish jarayonlari joyida o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha ma’sul hamda rahbar xodimlarga ishlar taqsimlandi.

Asosan, konlar va quduqlarni loyiha hujjati asosida belgilangan ko‘rsatkichlarga hamda texnologik rejimlarga qattiq rioya qilinishi yuzasidan tegishli xodimlarga ko‘rsatmalar belgilandi.

Boshqaruv raisi tomonidan, amalga oshirilayotgan tadbirlarni ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida texnologik ob’ektlarni ishga tushirish uchun loyiha ishlab chiqish ishlari, zarur bo‘lgan 7,2 km diametri 426 va 273 mm lik quvurlarni yetkazib berish borasida topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Bundan tashqari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi ichki imkoniyatdan ajratilgan texnologik apparatlarni yetkazib kelishni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurtda tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari holatining o‘rganilishi davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!