O‘zbeklar ko‘p go‘sht yeydimi? Qaysi mamlakatda go‘sht ko‘proq iste’mol qilinishi hisoblab chiqildi

O‘zbeklar ko‘p go‘sht yeydimi? Qaysi mamlakatda go‘sht ko‘proq iste’mol qilinishi hisoblab chiqildi

Tadqiqotchilar yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga qanday ta’sir qilishini aniqladilar va go‘sht iste’moli aholi jon boshiga 40 000 dollarga yetadigan dunyodagi oltita mamlakatni hisoblab chiqdilar. Bu mamlakatlar esa juda xayron qolarli: Efiopiya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Nigeriya, Kanada va Paragvay, deya xabar beradi Ferra.ru .

Agar 2000 yilda yiliga o‘rtacha iste’mol qilingan go‘sht miqdori 29,5 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 34 kilogrammga yetdi. Ushbu miqdordan ko‘pchilik tovuq go‘shti - 14,7 kilogramm, cho‘chqa go‘shti - 11,1 kilogramm va mol go‘shti - 6,4 kilogrammni iste’mol qilishi aniqlandi.

Bundan tashqari, go‘sht iste’moli bo‘yicha Avstraliya yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. 2000 yilda uning yillik iste’moli aholi jon boshiga 88,2 kg, 2019 yilda esa 89,6 kg ni tashkil etdi.

Shuningdek, olimlar Rossiya, Peru, Malayziyada bir kishi yiliga 20 kg dan ortiq go‘sht iste’mol qilishini aniqladilar.
Tadqiqot haqidagi xabarda O‘zbekiston nomi qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!