«O‘zbekkonsert»ga yangi direktor tayinlandi
Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» matbuot xizmati xabar berdi.
Bugunga qadar muassasa direktori vazifasida faoliyat olib borgan Jamoliddin Uzoqov lavozimidan ozod etilgan. U 2021 yilning mayidan buyon ushbu lavozimda edi.
Davron Sheraliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)