O‘zbekistonning qaysi hudud aholisida eng ko‘p avtotransport vositalari mavjud?

O‘zbekistonning qaysi hudud aholisida eng ko‘p avtotransport vositalari mavjud?

2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

Engil avtomobillar – 2 410 421 ta 
Yuk avtomobillari – 150 294 ta 
Avtobuslar – 5 072 ta 
Mikroavtobuslar – 10 590 ta
Maxsus  transportlar – 3 756 ta
 
❗️Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!