O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ko‘payishda davom etmoqda

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ko‘payishda davom etmoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgustda ham zaxiralar 1 mlrd dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga teng bo‘lgandi.

Raqamlar sentyabrda oltin-valyuta zaxiralari 0,3 mlrd dollarga yetganini ko‘rsatadi.

Bunda oltin miqdori 0,3 mlrd dollarga oshib, 21,8 mlrd dollarga yetgan (taqqoslash uchun: avgustda 1 mlrd dollarga oshib, 21,5 mlrd dollarga yetgandi).

Zaxiralarning o‘sishi o‘tgan oylardagi kabi faqat oltinning sof fizik hajmi evaziga yuz berdi. O‘tgan oyda ham ayni shu tendensiyani kuzatish mumkin.

Ma’lumotlar xorijiy valyutadagi aktivlar kamayganini ko‘rsatadi. Avgustda 13,1 mlrd dollar bo‘lgan aktivlar, sentyabrga kelib 12,4 mlrd dollarga yetdi, bu 700 ming dollarga aktivlar kamayganini ko‘rsatadi.

Yil boshidan beri valyutadagi aktivlar 1,9 mlrd dollarga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga ko‘paygani ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!