O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra,☀️bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 🌦faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. 📈Havo harorati 17-22° iliqni, janubiy va shimoliy hududlarda 23-28° iliqni tashkil etadi.

🌅Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 19-21° iliqqacha isiydi.

🏔Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 🌦ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. ⚠️Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!