O‘zbekistonliklar yil boshidan beri qancha oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar yil boshidan beri qancha oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston yiliga 100 tonna atrofida oltin ishlab chiqaradi. 2003–2019 yillarda ishlab chiqilgan barcha oltinni qonun bo‘yicha Markaziy bank sotib olar edi. 2019 yilning martidan iqtisodiyotni liberallashtirish doirasida hukumat zargarlar, tashkilotlar hamda nazoratdagi oltin qazib oluvchi jismoniy shaxslarga oltin savdosiga ruxsat berdi.

(https://www.spot.uz/ru/2021/10/22/gold-uz/?utm_source=push&utm_medium=telegram)Markaziy bank raisining o‘rinbosari Bobir Abubakirov oltinning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi. Uning maqolasi Butundunyo oltin kengashi saytida e’lon qilindi.
O‘zbekiston "oltinning jamg‘arma va investisiyadagi rolini tan oldi, deydi Markaziy bank raisining o‘rinbosari. Shu sababli 2018 yildan Markaziy bank tilla tangalar, 2020 yildan esa tilla yombilar sotishni boshladi.

2021 yilning sentyabri hisobiga ko‘ra, shu muddatga qadar 5100 ta yombi va 2500 ta oltin tanga sotilgan bo‘lib, bu o‘zbekistonliklar umumiy og‘irligi 168,6 kg teng oltin sotib oldi degani. Yombi va tangalarni istalgan savdo banklarida sotish va sotib olish mumkin. Yombi va tanga narxlari har kuni dunyo oltin narxlariga muvofiq milliy valyuta hisobida Markaziy bank saytida berib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!