O‘zbekistonliklar o‘tgan 8 oyda elektromobillar importiga 46,4 mln. AQSh dollari sarfladi

O‘zbekistonliklar o‘tgan 8 oyda elektromobillar importiga 46,4 mln. AQSh dollari sarfladi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

O‘zbekiston joriy yilning yanvar- avgust oylarida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1,3 ming dona

— BAA – 110 dona

— Germaniya – 34 dona

— Gonkong – 30 dona

— Boshqa davlatlar– 19 dona


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!