O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun to‘lovni Moskvada amalga oshiradi

O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun to‘lovni Moskvada amalga oshiradi
15 sentyabrdan Tailandga boradigan O‘zbekiston fuqarolari vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Ariza elektron tarzda topshiriladi, viza yig‘imi esa Moskvada to‘lanadi. Tailandning Moskvadagi elchixonasi saytida e’lon qilingan amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi fuqarolar elektron viza uchun thaievisa.go.th portali orqali ariza topshiradi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas, to‘lov Moskvadagi elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshiriladi. Ariza elektron tizimga kiritilgandan so‘ng to‘lov rekvizitlari va QR-kod ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas. Tailandning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘lov ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun tasdiqlovchi hujjat olingandan keyin 14 kun ichida to‘lovni amalga oshirish talab etiladi. Yangi qoidalar 15 sentyabrdan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi vizasiz kirish va Visa on Arrival imkoniyati bekor qilinadi. Tailandga sayyohlik maqsadida boradigan fuqarolar vizani safardan oldin rasmiylashtirishi lozim.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.