O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam oladi

«O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam oladi. Ya’ni:

2022 yil 1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);

2022 yil 2 sentyabr — juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);

2022 yil 3 sentyabr — shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);

2022 yil 4 sentyabr — yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).

Eslatib o‘tamiz, hujjatga ko‘ra, bu yil Mustaqilliku bayrami "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh shior ostida nishonlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!