O‘zbekistonliklar deyarli 3 barobar ko‘proq sayohat qila boshladi

O‘zbekistonliklar deyarli 3 barobar ko‘proq sayohat qila boshladi

Davlat statistika qo‘mitasi tahlilchilari joriy yilda xorijga hordiq chiqarish maqsadida ketgan fuqarolar sonini o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirib shunday xulosaga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning yanvar oyidan buyon 3,3 mln o‘zbekistonlik xorijda dam olishga ketgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,1 mlnga ko‘pdir.

Asosan O‘zbekiston fuqarolari MDH davlatlariga dam olish uchun uchmoqda - u yerga deyarli 2,9 mln kishi borgan. Yana 206 ming kishi Turkiyani tanlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!