O‘zbekistonliklar Butunjahon "Halol sammitida" g‘alaba qozondi

O‘zbekistonliklar Butunjahon "Halol sammitida" g‘alaba qozondi

O‘zbekistonliklar joriy yilning 29 noyabr - 2 dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan IV Butunjahon "Halol sammiti" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan musulmon davlatlar o‘rtasidagi pazandachilik chempionatida O‘zbekiston jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘zbekiston sharafini Xalqaro o‘zbek pazandachiligi san’ati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi. Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi o‘ringa sazovor deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yil 1 fevraldan "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma - Oz DSt 3286:2018 joriy etilgan edi.

"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari Islom qoidalariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!