O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikasiya qilindi

Joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etib, musobaqa yakuniga ko‘ra, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli tekshiruv boshlangan edi.

FIAS Xalqaro sambo federasiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi ma’lumotiga ko‘ra, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan “meldoniy” taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq bo‘yicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.

Ushbu qarorga ko‘ra, FIAS Xalqaro sambo federasiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilshod Choriyev 4 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi. Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatida meldoniy 2016 yildan beri ro‘yxatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan doping moddasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!