O‘zbekistonlik paralimpiyachi Parij-2024 o‘yinlariga ilk yo‘llanmani oldi

O‘zbekistonlik paralimpiyachi Parij-2024 o‘yinlariga ilk yo‘llanmani oldi

Server Ibragimov 4-12-iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

U erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda 200.7 ochko jamg‘argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Sportchi bu natijasi bilan mamlakat delegasiyasi hisobiga 2 ta medalni yozdirib qo‘yish bilan bir qatorda, 2024 yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga lisenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Server Ibragimov Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylanmoqda.

Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha bir necha bor jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek, Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!