O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi

O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi

O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi.

“Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavar – Karachi” yo‘nalishi bo‘ylab 2760 km yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkent shahriga yetkazib keldi.

Aytilishicha, uch tomonlama sa’y-harakatlar natijasida bugun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab transport koridorining to‘laqonli faoliyat yuritishi, yuklarning qisqa fursatlarda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi ta’minlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!