O‘zbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida bojxonachilar qariyb 100 kiloga yaqin giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan haydovchini ushladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, "Sariosiyo" chegara bojxona postiga 25 avgust kuni tungi soat 03:30 larda qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi kirib kelgan.
Haydovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, avtotransport vositasiga 20 tonna og‘irlikdagi ip kalava yuklanganini aytadi.
Ammo avtomobil tirkamasi belgilangan tartibda xizmat iti ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, tirkamaning old tomoni pastki qismiga xufiyona tarzda jami 93 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani fosh qilingan.

https://www.customs.uz/uz/news/view/6706

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!