O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 baravar oshdi. MB buning sabablarini tushuntirdi

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 baravar oshdi. MB buning sabablarini tushuntirdi

Bu rublning dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi, mehnat muxojirlari pul o‘tkazmalarini rasmiy kanallar orqali yuborishga o‘tganligi kabi omillar bilan izohlandi.

2022 yilning I yarim yilligida O‘zbekistonga jami 6,5 mlrd dollarlik transchegaraviy pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu haqda Markaziy bank sharhida keltirilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga yuqori bo‘lgan hamda ma’lum jihatdan aholining iste’mol va investision faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

“Mamlakatimizga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yilning II choragida sezilarli darajada oshdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sib, 5,1 mlrd dollarni tashkil etdi”, - deyiladi sharhda.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarning keskin o‘sishi sabablari:

rublning dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi;

Rossiyadagi valyuta cheklovlari natijasida mehnat muxojirlarining pul o‘tkazmalarini norasmiy kanallar orqali emas, rasmiy kanallar orqali yuborishga o‘tganligi;

Rossiyaga naqd pulda eksport qiluvchi kichik va o‘rta biznes ham mablag‘larini rasmiy kanallar orqali yuborishi kabi omillar bilan izohlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!