O‘zbekistonga iyul oyida nechta turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga iyul oyida nechta turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga iyun oyida eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan? Ko‘rsatkich quyidagicha:

— Qozog‘iston – 181,8 ming nafar

— Tojikiston – 143,4 ming nafar

— Qirg‘iz R. – 126,3 ming nafar

— Rossiya – 61,6 ming nafar

— Turkiya – 6,8 ming nafar

— Koreya – 2,2 ming nafar

— Germaniya – 1,5 ming nafar

— AQSh – 1,3 ming nafar

— Isroil – 1,2 ming nafar

— Hindiston – 1,1 ming nafar

— Buyuk Britaniya – 1 ming nafar

— Belarus R. – 0,9 ming nafar

— Fransiya – 0,8 ming nafar

— Italiya – 0,7 ming nafar

— Ispaniya – 0,4 ming nafar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!