O‘zbekistondan Pokistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekistondan Pokistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston hukumati va BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi nomidan suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan Pokiston aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Mazkur yordam Termiz shahridan O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida Karachi shahriga yetkazib berilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Gumanitar yuk tarkibida suv toshqinlari oqibatida uylari vayron bo‘lgan pokistonliklarga tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish uchun 15 tonnadan ortiq eng kerakli buyumlar mavjud.

"Zarur paytda tezkor gumanitar yordam ko‘rsatish imkonini bergan O‘zbekiston hukumatining qo‘llab-quvvatlashi" BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuqori baholangan.\

The Gulf Observer nashrining yozishicha, O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami Karachi shahridagi "Jinna" xalqaro aeroportida Pokiston Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy qo‘mitasi va Pokiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan qabul qilib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Pokistonning suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlariga yordam berish maqsadida Islomobodga 40 tonna gumanitar yuk yuborilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!