O‘zbekistondagi yo‘llar harakat xavfsizligiga qarab "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratiladi

O‘zbekistondagi yo‘llar harakat xavfsizligiga qarab "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2022 yildagi “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasini ilmiy-metodik ta’minlash, yo‘llarda ekspluatasiya-montaj faoliyatini tartibga solish hamda “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyotini joriy etish to‘g‘risida”gi 415-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Prezidentning “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarorini amalga oshirish uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatasiya-montaj bo‘linmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazilgan;
  • hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda indeksni yuritish vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga yuklatiladi. Har chorak yakunida indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 29 ta indikator bo‘yicha baholanadi.

Tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2022 yildan kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!