O‘zbekistondagi turli diniy konfessiya vakillari murojaati

O‘zbekistondagi turli diniy konfessiya vakillari murojaati

Ayni paytda koronavirus pandemiyasi bir vaqtning o‘zida butun dunyoga xavf solmoqda. Ana shunday og‘ir va murakkab bir vaqtda O‘zbekistondagi turli diniy konfessiya vakillari xalqqa murojaat bilan chiqdi

MITROPOLIT VIKENTIY, Toshkent va  O‘zbekiston yeparxiyasi  rahbari

— Hozirgi kunda davlat tomonidan e’lon qilingan farmoyishga binoan tozalikka rioya qilish, shahar bo‘ylab kezmaslik,  xonadonma-xonadon yurmaslik  so‘ralmoqda. Bunga albatta, amal qilishimiz lozim. Chunki uning zamirida virus tarqalmaslikning oldini olishdek xayrli maqsad qamrab olingan. Provaslav diniga e’tiqod qiluvchilar ham buni dildan his qilib turibdi. Va Cherkovga borishni istamoqda. Lekin Patriarx Kirillning Uyda qolinglar degan chaqirig‘iga  quloq tutishimiz kerak. Demak, biz har birimiz o‘zimizning qalbimizni tinglashimiz, ma’naviy jihatdan yuksaklikka intilishimiz kerak.  Ayni shu murakkab kunlarda  birgalikda har qanday muammoni yengib o‘tamiz. Xotirjam  bo‘laylik, vahimaga o‘rin yo‘q. Xudodan so‘raymiz bu virus O‘zbekistondan, Butun jahondan yo‘q bo‘lib ketsin. Agar biz tavba qilib ibodat qilsak, albatta, bizni parvardigor yorlaqaydi. Tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Ana shunday damlarda biz pasxa bayramini o‘z uyimizda nishonlaymiz. Cherkov jarayonini Onlayn tarzda tarqatamiz. Xursandchilik doimo hamrohingiz bo‘lsin. Shunday ekan, biz barcha murakkabliklarni  birgalikda parvardigor  yordamida yengib o‘tishimizga ishonchim komil.

EJI MA’SULEVICH, Rim-katolik cherkovi rahbari

— Hamma hozir tushunib turibdiki, Koronovirus  bilan bog‘liq jarayonlarni boshimizdan kechirmoqdamiz.  Mening gaplarim yaxshi eshitilishi uchun niqobimni yechaman. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bugungi kunda hukumat komissiyasi tomonidan  berilayotgan topshiriqlarga  to‘la amal qilgan holda niqoblarni taqib yurishimiz shart. Bu faqat va faqat  o‘zimiz, qolaversa, atrofimizda istiqomat qilayotgan aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy qilinmoqda. Shuningdek, qo‘limizni tez-tez yuvib turishimiz, tozalikka rioya qilishimiz va uyda qolishimiz so‘ralmoqda. Bunga barchamiz cherkov va masjidga boruvchilar ham birdek amal qilishimiz  lozim. Shunday ekan, barcha uyda qolib ibodat qilsin. Bunday harakatimiz bilan biz O‘zbekistonda koronavirus muammosidan tezroq qutulishga yordam bergan bo‘lamiz. Odamlar bilan muloqotga kirishish ayni paytda xavfli .Shuning uchun  ko‘rsatmalarni bajarishimiz, o‘zimiz uchun, qolaversa, sog‘lig‘imiz garovidir.Afsuski, bu holat pasxa bayramiga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallalarda ro‘y berdi. Joriy yilning 12 aprel kuni  Xristian dini  vakillari uchun  muhim shodiyona bayram tashkil qiliniishi kerak edi. Shuning uchun  biz sharoitdan kelib chiqib, muloqotimizni Cherkovda  ibodatni odamlarsiz bajaramiz.  Bu jarayon onlayn tarzda uyda qolgan holda amalga oshirilishi ta’minlanadi. O‘ylaymanki, ayni shu kunlarda murakkab vaziyatlarda  bu eng maqbul variantdir. Bayram  kuni albatta, internet orqali   muloqotga kirishamiz. Bu barchamizning xavfsizligimiz uchun ayni muddaodir. Qolaversa, bu  faqat insoniyat uchun balki butun dunyo uchun  muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonlardir.  Shunday ekan hammangiz  uyda qoling.!

ARAMAIS GRIGORYAN, Arman apostol cherkovi rahbari

— Hurmatli armanlar, hurmatli ibodat qiluvchilar! Barchangizga ma’lumki,  joriy yilning 12 aprel kuni  Arman apostol chekovi  buyuk Pasxa bayramini nishonlashi lozim edi. Ammo ko‘rib turganingizdek dunyo miqyosida ro‘y berayotgan koronavirus tufayli  bu singari tadbirlarni ommaviy ravishda tashkil etish vaqtinchalik to‘xtatildi.  Shuning uchun  bundan oldin ham aytganmiz, hozir ham  maslahatimiz shuki uyda qoling. Shuning uchun ham bu galgi bayram yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi. Jarayonni esa uyda o‘tirgan holda onlayn rejimda kuzatishingiz mumkin.  Hozircha xonadonda qolib ibodat qiling. Sizlardan o‘tinib so‘raymiz. Bu hammamiz uchun xavfdan xoli bo‘ladi. Qolaversa, biz hamkorlikda ish tutsak, ushbu holat tezda o‘tib ketadi. Bunga barchamiz aminmiz. 

ARKADIY ISAXAROV, Toshkent Yahudiylar diniy jamoasi  rahbari

— Hurmatli do‘stlar! Koronavirus tufayli joriy qilingan karantin tufayli Sinagogimizda barcha bayram tadbirlari vaqtinchalik to‘xtatildi. O‘ylaymanki, bunga barcha tushungan holda  amal qiladi. Har bir oilada, uyda bu singari tadbirlar bayram qilinadi. Xudoga shukur buning uchun o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rganmiz. Parvardigor doimo hamrohimiz bo‘lsin , u biz bilan birga. O‘ylaymanki,  ayni shu kunlari boshimizdan kechirayotgan jarayonlarni birgalikda yengamiz va u tezda o‘tib ketadi. Aminmanki, bu jarayonga  sizlar tushungan holda  amal qilasizlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!