O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklar haqida

A A A
O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklar haqida

Jami holatlar 167tani tashkil etmoqda. Londondan kelgan bemor sog‘aydi – tuzalib ketganlar endi 8 kishi.

Virus qayd etilgan hududlar ro‘yxatiga Navoiy ham qo‘shilgan (9/14). Aksariyat bemorlar Toshkentda, vodiy viloyatlaridagi bemorlar soni 50ga yaqinlashyapti.

? O‘nga yaqin kishi og‘ir ahvolda, Farg‘onadagi 59 yoshli ayol sun’iy nafas olish apparatiga ulandi.

? Bemorlar soni bo‘yicha Toshkentdan keyingi o‘rinda Farg‘ona. Karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan hududlar reytingida ham xuddi shunday .

? 31 martgacha 22 mingdan ortiq test o‘tkazilgan. Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olindi.

? Karantin tufayli xorijga ketolmagan 163 mingdan ortiq kishiga ish topish choralari ko‘rilmoqda.

? Karantin vaqtida mahalla xodimlarining uyma-uy yurganiga izoh berildi.

? Nurmat Otabekov koronavirusning bolalarga yuqishi masalasida ma’lumot berdi. 1 apreldan bog‘cha bolalari uchun televizion mashg‘ulotlar boshlanadi.

? Transport harakati uchun stiker: yangi tartib va ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar . Poytaxtning o‘zidan 27 mingdan ko‘p murojaat tushdi. Endi ariza berish uchun OneID shart emas. Stikerni qalbakilashtirgan shaxslarga jinoiy ish ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!