O‘zbekistonda yangi sport assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi sport assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda “Skeyt O‘zbekiston” assosiasiyasi tashkil etildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi assosiasiya raisi etib Aziz Ahmedov saylandi. Bosh kotib vazifasini Kamol Usmonov bajaradi.
Qayd etilishicha, ushbu assosiasiyaning tashkil etilishi O‘zbekiston yoshlari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Endi yoshlarning skeytbording va roller sport turlari bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati bor.
“Skeyt O‘zbekiston” assosiasiyasi skeytbording, rollerda konkida uchish, rollerda figurali uchish, rollerda xokkey, roller derbi, skuter kabi sport turlarini o‘z ichiga oladi.

2021 yilda skeytbordingning ikki yo‘nalish bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqalari o‘tkazilgandi. Ushbu sport turi 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik skeytbordchilarda Parij-2024 Olimpiadasiga 12 ta lisenziya olish imkoniyati mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!