O‘zbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 22 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 439 (+104) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining: 
📌84 nafari Toshkent shahrida, 
📌12 nafari Andijon viloyatida,
📌 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

📊Bugun ayni paytga qadar: 
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, 
📌Andijon viloyatida 22 nafar, 
📌Jizzax viloyatida 13 nafar, 
📌Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 2 nafar, 
📌Namangan viloyatida 21 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 14 nafar, 
📌Sirdaryo viloyatida 16 nafar, 
📌Surxondaryo viloyatida 5 nafar, 
📌Farg‘ona viloyatida 2 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 41 nafar, 
📌Toshkent shahrida 87 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 61 658 nafar (+235) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 241 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!