O‘zbekistonda uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish orqali pensiya badalini to‘lashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

«Bunda, birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisob-varag‘ida to‘planadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan foiz hisoblab boriladi. Uchinchi darajada xodim pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘ miqdorini o‘zi belgilaydi.

Bu tizim qo‘llanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga o‘z xohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini o‘zi belgilash imkoniga ega bo‘ladi.

Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta turlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!