O‘zbekistonda shu vaqtgacha 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonda shu vaqtgacha 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonda besh oy davomida 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Aholining koronavirusga moyilligi yuqori bo‘lgan qatlamlar haqida gapirganda quyidagi raqamlarni keltirish mumkin. Ma’lumki, 65 yoshdan yuqori bo‘lgan keksalardan tashqari yana ikkita nozik qatlam bor – bolalar va homiladorlar. 

O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgan o‘tgan 5 oy davomida 3000dan oshiq homilador ayol karantinga olindi. Ularning 208 nafarida koronavirus tasdiqlandi. Virusning homilador ayolga va homilaga ta’siri xususida ma’ruza o‘qimasak ham bo‘ladi», degan vazir o‘rinbosari.

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida bir qancha koronavirusga chalingan homilador ayollar farzandli bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!