Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

 Кирилча  
logo

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma olish yanada osonlashdi

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma olish yanada osonlashdi

Toshkent shahri, viloyatlar markazi va Nukus shahrida 30 mart soat 06:00 dan boshlab ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga nisbatan joriy qilingan cheklov davrida avtotransport vositalarida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) olishga ariza yuborishda id.gov.uz orqali avtorizasiyadan o‘tish talab etilmaydi.

Ariza yuborish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ushbu sahifasiga o‘tib, so‘ralgan ma’lumotlarni jo‘natish kerak. Xizmat TOP-xizmatlar qatoriga qo‘shilgan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining bosh sahifasiga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Hozirgi paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi. Shu sababli, mazkur ruxsatnoma uchun arizalar faqat elektron shaklda qabul qilinmoqda.

Bundan tashqari, Transport vazirligi cheklovning yuk mashinalari va agrotexnikaga taalluqli emasligini bildirgan.

Avval Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 1 aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etgani, Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!