O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlar ommaviylashmoqda - Markaziy bank

O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlar ommaviylashmoqda - Markaziy bank

O‘zbekistonda mobil ilova va QR-kodlar orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ommaviylashmoqda. Bu haqida Markaziy bank jurnalistlar va blogerlar bilan media-muloqotda ma’lum qildi.

Tahlillar mamlakatimizda bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan, yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.

Xususan, 2021 yilda “QR-online” axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni 2020 yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ortib, 92 ming donaga yetdi.

Shuningdek Markaziy bank, katta yoshli aholining yarmidan ko‘p bank hisobvaraqalariga ega ekanini ham aytib o‘tdi.

Bank depozitlari milliy axborotlar bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 iyun holatiga katta yoshli aholining 66,4 foizi bank hisobvaraqlariga ega, - deyiladi xabarda.

2022 yil 12 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida sohaviy media-maktablar doirasida OAV vakillari va blogerlar uchun “Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda zamonaviy yangi tizim – afzallik va imkoniyatlar” mavzusida media-muloqot tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olib, mavzu yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!