O‘zbekistonda parrandachilikning rivojlanishi va sohaning unumdorligi tendensiyalari tahlil qilindi

O‘zbekistonda parrandachilikning rivojlanishi va sohaning unumdorligi tendensiyalari tahlil qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonda parrandachilikning rivojlanishi va sohaning unumdorligi tendensiyalarini tahlil qildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda parrandachilik, shuningdek, tuxum ishlab chiqarish faol rivojlanmoqda. 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 8 129,3 million dona tuxum ishlab chiqarilgan. Bu 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 4,4 foiz ko‘p. 2016-2022 yillar davomida tuxum ishlab chiqarish 32,1% ga oshdi.

Tuxumning asosiy qismi, ya’ni 61,9 foizi dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda, 23,3 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirilmoqda.

Tuxum yetishtirishdagi bu o‘sish parrandalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligi (bitta tovuqning yillik sertuxumliligi) pasaymoqda. 2016-2022 yillar davomida parrandalar soni 45,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, tovuqlarning yillik sertuxumliligi 2018-yildagi 244 donadan 2021-yilda 215 donaga yoki deyarli 12% ga kamaydi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, Chilida bitta tovuqning yillik sertuxumliligi 350 dona (1,6 baravar ko‘p), Rossiyada – 296 dona (1,4 baravar ko‘p), Misrda – 294 dona (1,4 baravar ko‘p), Isroilda – 254 dona (1,2 baravar ko‘p), BAAda – 238 dona (1,1 baravar ko‘p).

Mahsuldorlikning yetarli darajada yuqori emasligiga parrandalarni noto‘g‘ri oziqlantirish va parvarish qilish, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning past darajasi, ko‘pchilik fermer xo‘jaliklarining kichikligi va tijoratlashtirishning past darajasi sabab bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!