O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi

O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi

O‘zbekistonda pandemiya davrida ish joylarini yo‘qotish va chet eldan pul o‘tkazmalaridan tushadigan daromadlarning kamayishi ayollar va erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarida bir xil darajada kuzatildi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga tayanib.

Ammo qayd etilishicha, katta ehtimol bilan, ushbu inqiroz, o‘rtacha olganda, iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash manbalari kam bo‘lgan ayollar boshchiligidagi oilalarga katta zarar yetkazgan. Pandemiyadan oldin ham ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining o‘rtacha oylik daromadi erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga qaraganda 17 foizga kam bo‘lgan.

Ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari rejalashtirilmagan xarajatlar qila olishining ehtimoli kam, ko‘proq hollarda asosiy ehtiyojlarini (oziq-ovqat, transport xarajatlari, dori-darmon va hokazolar) qoplash uchun qarz oladi va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lay olmaydi.

2020 yil dekabr oyida ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 42 foizi 100 ming so‘m miqdoridagi kutilmagan xarajatlarni qoplay olmasligini bildirgan. Shunday javob bergan erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining ulushi 25 foizni tashkil etgan.

Pandemiya boshlanishidan oldin ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari tez-tez oziq-ovqat tanqisligi bo‘lib turishi haqida muntazam ravishda xabar bergan. 2020 yil aprelidan dekabrigacha bu tafovut yanada oshgan. Masalan, ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 17 foizi oziq-ovqat tanqisligi haqida ma’lum qilgan bo‘lsa, erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 10 foizi bundan shikoyat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!