O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi (foto)

O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi (foto)

📊 Korxonalarda ish haqi fondining o‘sishi va eng kam ish haqining (2020 yil I yarim yilligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan) 18 foizga oshishi, soliq tushumlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi. Bundan tashqari, davlat ulushi bor korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 25 foizdan 12 foizga kamaytirilishi ham xodimlar ish haqini oshirishga imkon berdi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

🔍 Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2020 yil ikkinchi choragidagi tushumlar birinchi chorakka nisbatan quyidagi asosiy omillar tufayli kamayganligi kuzatilmoqda:

▪️ 2020 yilning aprel oyida iqtisodiy faollikning pasayishi natijasida xususiy sektorda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining kamayishi. Bu kamayish karantin bo‘yicha qat’iy cheklovlar qabul qilingan davrda xodimlarga, shu jumladan byudjet tashkilotlarida ta’til to‘lovlari berilishi natijasida qisman qoplandi;

▪️ 2020 yilda xodimga to‘lanadigan, soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam summasi, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirilishi.

📉 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy sektorda iqtisodiy faollikning susayishi va bu bilan bog‘liq soliq solinadigan ish haqi fondining kamayishi, 2020 yilning ikkinchi choragida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumning dastlabki prognozga nisbatan 500 milliard so‘mdan ko‘proqqa kamayishiga olib keldi.

📈 Shu bilan birga, pandemiya davrida kichik tadbirkorlik sub’ektlari va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun joriy yilning may oyidan boshlab ijtimoiy soliq stavkasini 12 dan 1 foizgacha kamaytirilishi nodavlat sektoridagi xodimlar sonini aprel oyiga nisbatan 16 foizga, ish haqi fondini esa 22 foizga oshirish imkonini bergani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!