O‘zbekistonda ota-onalar kunini belgilash taklifi berildi

O‘zbekistonda ota-onalar kunini belgilash taklifi berildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ota-onalar kunini belgilash va uni bayram sifatida nishonlash haqida petisiya paydo bo‘ldi.

“O‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirishimiz zarur. Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda 1 iyun, AQShda iyul oyining to‘rtinchi yakshanbasi, Koreya Respublikasida 8 may, Vyetnamda 7 iyul “Ota-onalar kuni” hisoblanadi”, - deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, shu boisdan mamlakatda ota-onalar kunini bayram sifatida nishonlash kerak. 14 yanvarda “Vatan himoyachilari kuni”, 8 martda “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, 30 iyunda “Yoshlar kuni”, 1 oktyabrda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlanmoqda. 

“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petisiya muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ishga qabul qilishni DXA orqali amalga oshirish taklif etilgandi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!