O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ro‘yxati yuritiladi

O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ro‘yxati yuritiladi

Hukumat qarori bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.
Bazaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:


odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;


odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari;


jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.


Ma’lumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalariga yozma yoki elektron shaklda so‘rovnoma yuboradi.
So‘rovnoma tushganidan so‘ng uning natijasi bo‘yicha besh kunda javob yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!