O‘zbekistonda ko‘pxotinlilikka ruxsat berilgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi

O‘zbekistonda ko‘pxotinlilikka ruxsat berilgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qonunchilik bilan ko‘pxotinlikka ruxsat berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Adliya vazirligining matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva tarqalagan xabarlar soxtaligini isbotlovchi bir nechta faktlar keltirgan.

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qayd raqami oldidan harfli qisqartmalar qo‘llanilmaydi. Normativ-huquqiy hujjatlarning qayd raqamidagi «PQ» shaklidagi qisqartmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi (www.lex.uz) da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2535-son qarori mutlaqo mavjud emas.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq ko‘p xotinli bo‘lish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Adliya vazirligi matbuot kotibi keltirib o‘tilgan xabarning muallifi e’tiborini o‘ziga qaratish, obunachilarni to‘plash yoki boshqa maqsadlarda tarqatilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Shuningdek, bu kabi xabarlar aholining davlat organlarining qonun hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga nisbatan turli salbiy fikrlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkinligini keltirib o‘tgan.

«Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarda qonun hujjatlari bo‘yicha har xil mish-mishlar va boshqa uydirmalar tarqatish har jihatdan maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz. Fuqarolarga esa bunday xabarlarga duch kelganlarida ularning to‘g‘riligi bo‘yicha xulosa chiqarishga shoshilmasdan darhol Qonun hujjatlari milliy bazasi va boshqa ishonchli manbalar orqali berilgan ma’lumotdagi faktlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshirishlari lozimligini bildiramiz» – deyiladi Sevara O‘rinboyeva munosabatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!