O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi?

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi?

- O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi? Imkoniyatlarimiz qancha kasallarga xizmat ko‘rsatishga yetadi?

Savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda quyidagicha javob berildi: 

Bu borada dunyo hamjamiyatidagi statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratish kerak. Janubiy Koreyani olamizmi, Xitoyni olamizmi, bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashayotgan davlatlarning tajribasini o‘rganganimizda, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar mutaxassislar bergan takliflarga asoslangan.

Xususan, bizda ham shunday. Taklif-tavsiyalarni davlat komissiyasi har tomonlama o‘rganadi. Barcha ishlarimiz komissiya tomonidan qabul qilingan protokollar ijrosi doirasida amalga oshirilyapti.

Hozir biz bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borayotgan ishlarimiz keyingi bosqichdagi holatlarning oldini olishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!