O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 nafarga oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 nafarga oshdi

2020 yil 31 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3583 (+29) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2837 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!