O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 56 000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 56 000 nafardan oshdi

2020 yil 29 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 068 (+190) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!