O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11000 nafardan oshdi

2020 yil 8 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11092 (+110) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining barcha 110 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 158 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Navoiy viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 249 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 7060 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 3987 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!